11:24 / 29.05.2016
7068

Parijda chaqmoq chaqishi tufayli 9 bola jabrlandi

Fransiya poytaxti Parij shahrida kuchli dovul va momaqaldiroqlar vaqtida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 9 bola yashin urishidan jarohatlangan. Bu haqda o‘t o‘chiruvchilar xizmati vakili Erik Mulan ma'lum qildi.

Ayni vaqtda jarohatlanganlardan 3 nafarining hayoti xavf ostida qolmoqda. Bu hodisa Fransiya poytaxtining shimoli-g‘arbidagi Monso xiyobonida yuz bergan.

"Xiyobondagi tug‘ilgan kun ziyofati o‘tkazilayotgan joyga yashin urildi", deya ma'lumot bergan manba.

Ma'lum bo‘lishicha, voqea vaqtida xiyobon hududida tasodifan o‘t o‘chirish xizmati vakillaridan biri bo‘lgan va u jabrlanuvchilarga birinchi yordam ko‘rsatib, tibbiyot xodimlarini chaqirgan.

Top