19:49 / 29.05.2016
7184

Poroshenko Savchenkoga Yevropa yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassda VGTRK jurnalistlarini o‘ldirish ishi bo‘yicha Rossiyada 22 yilga qamoq jazosiga mahkum qilinib, afv etilgandan keyin Ukrainaga qaytgan Nadejda Savchenko bilan uchrashuvda unga Yevropaning  bir qator davlatlariga tashrif buyurishni va Yevropa yetakchilari bilan uchrashishni taklif qildi.

28 mayda Poroshenko matbuot xizmati ma'lum qilganidek, Poroshenko Savchenkoga "AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden va Yevropa parlamenti prezidenti Martin Shultsning salomini yetkazgan".

Savchenko uchrashuvda xalqaro yo‘nalishdagi ishga kirishishga tayyorligini aytgan Uchrashuvda ukrainalik mahbuslarning ozod etilishi masalasi muhokama qilindi. Poroshenkoning aytishicha, bu yo‘nalishdagi ish faollashishi lozim.

Top