09:23 / 30.05.2016
3818

Bin Arfa: Menda Messi va Ronalduga yetib olish uchun yana bir necha yil vaqt bor

«Nitstsa» yarim himoyachisi Hotam bin Arfa o‘zini dunyoning eng yaxshi futbolchilari Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan taqqosladi. Bundan oldinroq, Bin Arfa kataloniyaliklar klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

«Men hali Messi va Krishtianu Ronalduning darajasiga chiqmadim, lekin menda ularni quvib yetish uchun bir necha yil vaqt bor. Men shuni maqsad qilganman.

Men hali o‘zimning eng yuqori bosqichimga chiqqanim yo‘q. Barchasi oldinda. Men o‘zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Men rivojlanmoqdaman va navbatdagi qadamni tashlashga tayyorman. Futbolda men va Messini bog‘lab turadigan umumiy jihatlar mavjud, lekin biz turli uslublarda o‘ynaymiz», — deya Bin Arfadan iqtibos keltiradi Goal nashri.

Top