15:45 / 30.05.2016
7922

Buxoroda "Ipak va ziravorlar" festivali yakunlandi

26-28 may kunlari Buxoro shahrida an'anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalning yopilish marosimida Buxoro viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi Muhiddin Esanov va Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti direktori Pilxo Paklar XV an'anaviy "Ipak va ziravorlar" festivalining yuksak saviyada o‘tkazilishiga hissa qo‘shgan xalqaro tashkilotlar, olimlar, hunarmandlar, san'atkorlarga, ko‘ngilli sifatida xorijiy mehmonlarga xizmat ko‘rsatgan yoshlarga minnatdorchilik izhor etishdi.

Festivalda faol ishtirok etib, g‘olib deb topilgan xorijiy hamda respublikamiz viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri hunarmandlariga g‘oliblik sertifikatlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilariga shoir Shodmon Sulaymon ssenariysi asosida rejissyor Rauf Avezov hamda rejissyor yordamchisi Hotamjon Axunov tomonidan ulug‘ shoir Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr” dostoni asosida teatrlashtirilgan dasturi, "Buyuk Ipak yo‘li” kompozitsiyasi namoyish etildi.

Ta'kidlash joizki, joriy yilgi festivalni Xorazm, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Toshkent, Andijon singari o‘nta viloyat aholisi o‘rnatilgan ulkan monitorlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib, festival shukuhini his etishdi.

Buxoroda Ipak va ziravorlar festivali ochildi 

Top