17:14 / 30.05.2016
5561

iOS 9.3.2'ni buzib ochishga ulgurishdi

Xaker Luka Todesko "qwertyoruiop" niki ostida tanilgan bo‘lib, u iOS 9.3.2'ning so‘nggi versiyasini buzib ochdi. OT (operativ tizim) buzilishiga isbot sifatida xakerning uzatgan videosi keltirilgan: unda jyeylbreyk iPod touch'ning oltinchi avlodini ko‘rish mumkin. Video ko‘rinishidan ishonchli, Todeskoning o‘zi esa mashhur xaker nomiga ega, shu bois yangi versiyaning buzib ochilganligiga ishonish uchun yetarlicha asos bor. Todeskodan boshqa hech kim iOS'ning so‘nggi versiyasini buzishga muvaffaq bo‘lmagan. 

Jyeylbreykning erkin foydalanishga chiqarilishi imkoniyatlari u qadar yuqori emas: Todesko avval ham tizimni buzib ochib kirgan, buning isbotini ham keltirgan, ammo buning texnologiyasini boshqalar bilan bo‘lishmagan. Shuningdek, xakerning Apple kompaniyasi tizimidagi kamchilikni bartaraf qilishga yordam berish yo bermasligi hozircha noma'lum.

Top