18:39 / 30.05.2016
6958

OAV: Obama itlarining hayotini itlarnikiga xos deb bo‘lmaydi

AQSh prezidenti Barak Obama itlarining hayotini shohona deyish mubolag‘ali bo‘lmaydi, deb yozadi Associated Press.

Agentlikning qayd etishicha, portugalzot itlar: Bo va Sanni nafaqat yeyish hamda uxlash bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ular, aytish mumkinki, Oq uyning mashhur elchilaridir. Shu boisdan ham, ularga alohida kun tartibi ham tuzib chiqiladi. 

AQSh birinchi xonimi Mishel Obamaning so‘zlariga ko‘ra, u har oy Bo va Sannining bir oylik kun tartibiga oid xizmat bayonnomasini oladi. Jonivorlar esa ro‘yxatga muvofiq, u yoki bu anjumanda ishtirok etadi. 
  
Masalan, uy hayvonlari Oq uydagi Pasxa bayrami mehmonlarini zeriktirishmagan. Rojdestvo bayramida ham qatnashgan. Bundan tashqari, yarador harbiy xizmatchilar va shifoxonaga yotqizilgan bolalar bilan ham uchrashgan. 

Bo va Sanni, Barak Obama 2008 yilgi prezidentlik saylovida g‘alaba qozongach, Obamalar oilasida paydo bo‘lgandi. Obama g‘alaba qozongudek bo‘lsa, qizlariga it sotib olishni va'da qilgan edi.

Top