07:39 / 30.05.2016
3077

Ozarbayjonda avtobus jarlikka tushib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Ozarbayjonda avtobusning jarlikka tushib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 21 kishi jarohat oldi. Bu haqda APA agentligi xabar bermoqda.

Noxush voqea 29 mayda Xizi tumanidagi Xalaflar qishlog‘ida yuz berdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, talabalarni olib ketayotgan Hyundai avtobusi jarlikka tushib ketgan.

Jarohatlanganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Fojia sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Top