16:28 / 30.05.2016
2758

«PSJ» himoyachisi Ore politsiyachini haqorat qilgani uchun hibsga olindi

Fransiya politsiyasi «PSJ» futbolchisi Serj Oreni hibsga oldi.

23 yoshli ivuarlik futbolchi dushanba kuni tongida, soat 6da tungi klubdan chiqishi vaqtida ko‘chadagi patrulni haqorat qilgani uchun qo‘lga olingan.

Huquq-tartibot organlari xodimlaridan biriga zarba bergan Ore 8-okrugdagi politsiya uchastkasiga keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» joriy mavsumning ikkinchi davrasida Oreni jamoa bosh murabbiyi Loran Blan hamda hujumchi Zlatan Ibrahimovichni Periscope efirida haqorat qilgani uchun tarkibdan chetlatilgandi.

Top