16:53 / 30.05.2016
5012

Rossiya terma jamoasi muxlisi Yevro-2016 turniriga hamyonidagi 17 yevro bilan yo‘l oldi

Rossiya terma jamoasi muxlisi, o‘zini Yakin deb atagan shaxs Riga shahridan Shveytsariyaning Bad-Ragats shahrigacha, ayni vaqtda terma jamoa yig‘in o‘tkazayotgan hududgacha yetib bordi. U Shveytsariyada terma jamoa bosh murabbiyi Leonid Slutskiy bilan uchrashgan.

"Men Tomskda tug‘ilganman, 30 yildan buyon Rigada yashayman, lekin hamish Rossiya terma jamoasiga muxlislik qilganman. Men Rigadan Tsyurixgacha piyoda yurdim, Bad-Ragatsga esa elektrichkada, avtospotdan foydalangan holda.

Slutskiy bilan o‘tgan safargi Yevropa chempionati vaqtida buyon tanishmiz, biz chexlarga qarshi o‘yindan oldin uchrashgandik.

Oyog‘imda kichik muammo bor, tropik yara. Shu tufayli avtospotdan foydalanaman", degan Yakin.

U endi Insburkka, keyin Monakoga yo‘l olmoqchi.

Ma'lum bo‘lishicha, u Fransiyaga otlanganida hamyonida 17 yevrosi bo‘lgan, endi esa 12 yevrosi qolgan.

"12 yevroga qanday yashash mumkinmi? Oson. Yo‘lda ishlab topaman. Men hamisha shunday qilaman!", deydi u.

Uning yonida palatkasi yo‘q, kichik safar xaltasi bilan safarga chiqqan. Ushbu muxlis qayer to‘g‘ri kelsa, o‘sha yerda tunab, yo‘lni davom ettirmoqda.

Yakin 2008 yildan buyon Rossiya terma jamoasining Yevropa chempionatlaridagi o‘yinlariga tushib kelmoqda.

"Birinchisi Yevro-2008 bo‘lgandi. Keyin Yevro-2012. Men Braziliyadagi Jahon chempionatiga ham borgandim. O‘yinga tushish men uchun muammo tug‘dirmaydi, chipta berishadi. Fransiyadagi o‘yinlar uchun chiptam yo‘q, buni borgandan keyin hal qilamiz", degan u.

Rossiya terma jamoasi 24 may kuni Shveytsariyaning Bad-Ragats shahrida yig‘in boshladi. Jamoa 1 iyun kuni Insburkda Chexiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, 5 iyun kuni Monakoda Serbiya bilan. 10 iyundan 10 iyulgacha Fransiya yashil maydonlarida o‘tkaziladigan Yevropa chempionatida Rossiya terma jamoasi Angliya (11 iyun, Marsel), Slovakiya (15 iyun, Lill) va Uels (20 iyun, Tuluza) terma jamoalariga qarshi guruh o‘yinlarini o‘tkazadi.

Top