22:50 / 30.05.2016
4943

Smartfonlarni boshqarish uchun "tabletka" ko‘rinishidagi qurilma namoyish etildi

Fingertips Lab startapi smartfonlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan noyob qurilmani namoyish etdi. Yangilik atrofi aylanuvchi uzukdan iborat katta tugmadan iborat bo‘lib, ovoz orqali boshqarish uchun o‘rnatilgan akselerometr va mikrofondan tashkil topgan. Bu qurilma smartfonlarni displeyga qaramasdan boshqarish imkoniyatini beradi.

Tabletka ko‘rinishidagi gadjyet O6 nomini oldi. Uni qo‘lda bilakuzuk kabi yoki magnit klipslar yordamida kiyimlarda va avtomobilning rulida taqsa bo‘ladi. Aksessuarni ovoz, qurilmaga o‘rnatilgan g‘ildirakcha, navigatsiya uchun to‘rt klavishalar va o‘rnatilgan akselerometrlar yordamida boshqariladi. O6 telefonlarga Bluetooth yordamida ulanadi. Qurilma orqali pochtani eshitish, xabarlarga javob berish, qo‘ng‘iroq qilish yoki musiqa tanlash mumkin. O‘rnatilgan akkumulyator quvvat olmasdan 10 kungacha ishlay oladi.

Hozirgi kunda O6 iPhone va iPad bilan ishlay oladi, ammo loyiha mualliflari Android smartfonlari bilan ham ishlash imkoniyatini kiritishni rejalashtirishmoqda.

O6 qurilmasini ishlab chiqarish uchun Fingertips Lab startapi Kickstarter platformasida mablag‘ yig‘ishmoqda. Agar kompaniya yetarli mablag‘ni yig‘a olsa, qurilma sotuvga 149 dollar narxida sotuvga chiqadi.

Top