15:20 / 30.05.2016
5481

Turkiya Rossiya bilan munosabatlarni tiklash uchun maxsus guruh tuzishni taklif etmoqda

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lining bayonotiga ko‘ra, rasmiy Anqara rus-turk munosabatlarini normallashtirish uchun ishchi guruh tuzish taklifini ilgari surmoqda. Bu haqda Anadolu agentligi xabar qilgan.

«Putin ushbu masalada Turkiya tomonining qadamini olqishlashini aytgan edi. Biz ham, tomonlarning bo‘lg‘usi harakatlarini muhokama etish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz», — degan Chovusho‘g‘li.

Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh «rasmiy yoki norasmiy shaklda» bo‘lmasin, ikki mamlakat munosabatlarida paydo bo‘lgan ziddiyatlarga barham bera oladigan «yagona umumiy yo‘l»ni topa olishi kerak. 

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gretsiyaga tashrifi chog‘ida rasmiy Moskva Turkiya bilan munosabatlarni tiklashni istashi haqida aytgandi.

Top