23:04 / 30.05.2016
5111

Zurich sug‘urta guruhining sobiq bosh direktori o‘z joniga qasd qildi

O‘tgan yili dekabrda iste'foga ketgan, Zurich Insurance sug‘urta guruhining sobiq bosh direktori Martin Zenn o‘z joniga qasd qildi. Bu suiqasd oxirgi yilda kompaniya top-menejmenti orasidagi ikkinchi o‘z joniga qasd qilish bo‘ldi.

Zenning o‘limi haqida uning saytida chop etilgan xabarda aytildi. U 27 may kuni 59 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda uning oilasi.  

O‘tgan yili Zenn kompaniya faoliyatidagi og‘ir davrdan keyin iste'foga ketgandi. Kompaniya Britaniyaning RSA Insurance sug‘urta biznesini xarid qilish bo‘yicha bitimni tuza olmagan, fevralda esa kompaniya 4-chorakda prognozdan ko‘proq ziyon ko‘rgani sababli tejamkorlik maqsadida xodimlarning 15 foizi qisqartirilishini ma'lum qilgandi

2013 yil avgustida kompaniyaning sobiq moliyaviy direktori Per Vote o‘z joniga qasd qilgandi. U o‘lim oldi xatida kompaniyaning o‘sha vaqtdagi boshqaruv raisi Yozef Akermanni ishlash uchun chidab bo‘lmas sharoitlarni yaratishda ayblagandi. Ichki tergov rahbariyat Votega haddan ziyod yuklama bermagani haqidagi xulosaga kelgan, biroq Akermann Vote o‘limidan keyin bo‘shab ketgan.

Top