12:03 / 31.05.2016
8825

AQShda dunyoning eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilaridan biri qo‘lga olindi

FQB tomonidan qidirilayotgan eng xavfli jinoyatchilardan biri AQShda qo‘lga olindi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi

Gap aprel oyida o‘zining homilador dugonasini o‘ldirgan Filip Patrik Polikarpio haqida ketmoqda. Los-Anjyelesdan qochib ketganidan beri FQB uning nomini eng ko‘p qidirilayotgan o‘n nafar jinoyatchi qatoriga qo‘shib qo‘ygandi. 

FQB rasmiy vakili Lora Aymillerning bergan ma'lumotiga ko‘ra, Polikarpioni o‘tgan yakshanba kuni San-Diyegoda Meksika orqali AQShga o‘tayotganida qo‘lga olishgan. 

Associated Press axborot agentligi o‘z navbatida Polikarpioning o‘z "jinoyat tarixi"ga ega ekanligini aniqlagan. 2001 yilda u o‘q uzuvchi qurol bilan zo‘ravonlik ishlatishda ayblangan, ammo oxir-oqibat afv etilgan.

Top