11:49 / 31.05.2016
4559

Chelyabinsklik haydovchilar animatsiyalashtirilgan gigant tank tasvirlangan fleshmob o‘tkazishdi

Chelyabinsklik avtomobilchilar 130dan ortiq mashinalarni gigant tank shakliga keltirib fleshmob tashkillashtirishdi. Mazkur tadbir 26 maydan 29 mayga qadar o‘tkazilgan G‘alaba kuniga bag‘ishlangan AUTO SHOW ko‘rgazmasining yakuniy qismi bo‘ldi. Fleshmobning kvadrokapterdan olingan videotasviri Chelyabinskning "To‘g‘ri Tashabbus" jamoat harakati YouTube-kanalida namoyish qilingan. 

Fleshmobda qatnashgan avtomobillarlarning aksariyati harakatsiz turgan, bir necha mashinalar esa aylana bo‘ylab harakatlangan, bu holat yuqoridan harakatlanuvchi tankdek ko‘ringan. 

Tadbir "Jasorat biz senikimiz, Tankograd, unutganimiz yo‘q!" shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Tankograd - Chelyabinskning norasmiy nomi, bu shahar Ikkinchi jahon urushi yillarida tank qurilishi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun shunday nom olgan.

Top