10:07 / 31.05.2016
8033

G-Shock "atom" soatlar taqdim etdi

Yaponiyaning G-Shock brendi "atom" soatlar kolleksiyasini chiqardi, uning dizayni yaratilishida amerikalik rassom Futura 2000 ishtirok etdi. Bu haqida kompaniyaning matbuot relizida ma'lum qilindi.

Asos sifatida GDX6900FTR-1ER modeli olingan, korpus bruklinlik rassomning tanish patterni bilan bezatilgan. Soatlar 200 metr chuqurlikkacha suv o‘tkazmaydi, shuningdek ular 10 yil ishlashga mo‘ljallangan batareyka bilan ta'minlangan. Kolleksiya cheklangan miqdorda chiqariladi hamda iyun oyining boshidan sotuv yo‘lga qo‘yiladi. Rossiyada soat narxi - 15 ming rubl.

G-Shock  brendi ostida Casio firmasining erkaklar va ayollar soatlariga o‘xshash elektron zarbbardosh soatlari ishlab chiqariladi. Ilk modellar 1983 yilda sotuvda paydo bo‘lgan va u ekstremal sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. 

Furura 2000 taxallusi ostida amerikalik musavvir Leonard Hilton yashiringan. U o‘tgan asrning 80-yillarida keng omma orasida tanilgan, u turli davrlarda upreme, Levi's va A Bathing Ape kabi brendlar bilan hamkorlik qilgan.

Top