17:22 / 31.05.2016
3396

Ibrahimovich: Hali yana Malmyoda o‘ynayman, meni kuting

Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich o‘zining ilk jamoasi «Malmyo»ga qaytishi mumkinligiga ishora qildi.

30 may kuni Shvetsiya terma jamoasi Malmyo shahrida Sloveniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi (0:0). Bu o‘yinni Ibrahimovich jarohat tufayli o‘tkazib yubordi. U aynan shu shahardagi stadionda o‘zining futbolchilik faoliyatini boshlagandi.

«Men Malmyoni sevaman, men bu stadionda yana o‘ynashni istagandim, ammo jarohat yo‘l qo‘ymadi. Buning uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Lekin men hali bu yerda yana o‘ynayman, albatta o‘ynayman. Meni kuting», — deya Ibrahimovichning so‘zlarini keltiradi Goal portali.

Joriy mavsum yakunida PSJ bilan shartnomasi yakunlanadigan 34 yoshli futbolchi erkin agentga aylanadi. U "MYu"ga o‘tishi bo‘yicha jarayon to‘xtagan, endi uning Xitoy yoki AQSh chempionatiga yo‘l olishi aytilmoqda.

Top