15:49 / 31.05.2016
7575

OAV: Gitlerning akasi aslida ukasi bo‘lib chiqdi

Adolf Gitlerning akasi deya hisoblab kelingan shaxs, aslida, tarixchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, uning ukasidir, deb xabar qilmoqda Reuters.

Avvallari, Gitler oiladagi 6nafar farzandning 4chisi deb hisoblangan. Biroq, Avstriyaning Braunau shahridagi arxiv ma'lumotlaridan olingan ko‘chirmaga muvofiq, aslida Adolf oilaning 3chi farzandi bo‘lgan. Oberoesterreichische Nachrichten nashrining yozishicha, tarixchi Florian Kotanko o‘z ilmiy izlanishlari natijasida shunday xulosa qilmoqda. 

Hisobotga ko‘ra, Adolfning so‘nggi akasi deyilgan Otto Gitler, 1892 yil 17 iyunida dunyoga kelgan va 6 kundan so‘ng gidratsefaliya (bosh miyada suyuqlik to‘planishi)dan halok bo‘lgan.

Top