10:43 / 31.05.2016
42933

Ravon R2 avtomobillari Rossiya chegarasida ushlab qolinmoqda

Ravon avtomobil brendi byudjyet xetchbeklarini Rossiyadagi xaridorlariga yetkazib berishda muammolarga duch kelayotgani xususida xabar qilmoqda. Bu safar R2 modellarini olib ketayotgan avtovozlar bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishning uzoq vaqtga cho‘zilishi tufayli, Rossiya chegarasida turib qolmoqda, deb xabar qilyapti Rossiya OAV. 

Qayd etilishicha, shu paytgacha, bitta ham Ravon R2 mashinasi buyurtma bo‘yicha Rossiyadagi avtosalonlarga yetkazilmagan. 

May oyi o‘rtalarida, Ravon kompaniyasi rasmiy vakili, Rossiyaga avtomobillarni yetkazib berishda muammolar paydo bo‘lgani haqida xabar qilgan edi. Bular temir yo‘l transporti tariflarining ko‘tarilishi hamda barcha olib kirilayotgan mashinalarning to‘liq sotib olinmagani bois, bojxona rasmiylashtirishida vujudga kelgan to‘siqlar. 

Ravon R2ning RF hududidagi rasmiy savdosi 10 aprelda boshlangan. Ammo, o‘tgan muddat mobaynida, xetchbek uchun 100 foiz to‘lovni amalga oshirgan mijozlar ham mashinalarini olganicha yo‘q.

Top