12:08 / 31.05.2016
5196

Tailanddagi mashhur buddistlar monastiridan yo‘lbarslarni olib ketilmoqda

Jonivorlar bilan ayovsiz munosabatda bo‘lgan hamda ular bilan noqonuniy savdo qilgan monaxlar ayblangandan so‘ng Tailanddagi yovvoyi tabiatni qo‘riqlash mutaxassislari Kanchanaburi provinsiyasidagi mashhur buddistlar monastiridan yo‘lbarslarni olib keta boshlashdi.

Hozircha 137 yo‘lbarsdan uchtasi ko‘chirildi. Taxminan ming nafar kishi jalb etilgan operatsiya bir hafta davom etadi. Ayblovlarni inkor qilgan monaxlar dastlab hayvonlarni berishdan bosh tortishdi, biroq sud qaroriga bo‘ysunishga to‘g‘ri keldi. 

Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, jonivorlar maxsus qo‘riqxonalarga joylashtiriladi. 

Yo‘lbarslar monastiri sayyohlar orasida juda mashhur, shuningdek bu yer Tailandning eng qimmatbaho maskanlaridan biri hisoblanadi. 

Tashrif buyurganlarga hayvonlarni ovqatlantirish va ular bilan suratga tushishga ruxsat beriladi. Monastirga buning uchun pul undirish taqiqlangan bo‘lsa-da, ular sayyohlarga faqat pul evaziga xizmat ko‘rsatishadi. 

Bir necha yillar mobaynida monaxlar hukumatga qarshi chiqib, hayvonlarni bermay kelayotgan edi. 

"Bu safar bizda sud qarori bor, ilgari biz faqat birgalikda hamkorlik qilishni so‘rar edik, biroq bundan hech qanday naf bo‘lmadi", - dedi milliy park departamenti rahbar o‘rinbosari.

Top