12:19 / 01.06.2016
7713

Apple kompaniyasi iPhone SE xarid qilishni istovchilar oqimiga bas kela olmayapti

Apple rahbariyati iPhone 6s flagman smartfoni iPhone 5s'dan ko‘proq, lekin iPhone 6'dan kamroq sotilayotganiga izoh bergandi.

4 dyuymli iPhone SE qurilmasi haqida nima deyish mumkin? Bugungi kunga kelib istagan odam iPhone SE xarid qilishi mumkin. Agar kompaniya ma'lumotlariga ishonadigan bo‘lsak, ishlar yomon emas. Apple'da ta'kidlanishicha, ushbu kompakt modelga bo‘lgan talab ta'minotdan oshadi, kompaniya yaqin kelajakda iPhone SE tanqisligi bartaraf qilinishiga va'da berdi. 

Kompaniya rahbari Tim Kukning so‘zlariga ko‘ra, smartfon bozori yuqori cho‘qqiga chiqib, o‘sishdan to‘xtadi. Biroq Apple'ning o‘tgan chorakdagi makroiqtisodiy qiyinchiliklari omadsizlikning bosh omili hisoblanadi.  

Dunyo iqtisodiyotidagi muammolar bartaraf etilganidan keyin kompaniya sotuvlar o‘sishiga erishishi mumkin, deya ishonch bildirdi Kuk. iPhone SE yordamida Kupertinoda yangi xaridorlarni jalb qilishga umid bildirishmoqda - eng avvalo Apple smartfonini sotib olishni orzu qilgan, ammo yirik summa kiritishga imkoni bo‘lmaganlar uchun bu ayni muddao. 

Bundan tashqari, mazkur qurilma kompakt korpusli eng yaxshi smartfon sotib olishni istaganlarni qiziqtirishiga shubha yo‘q. Har qanday xaridor Apple uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta'kidlanadi. 

Smartfon bozori ekspertlari 4 dyuymli qurilma sotuvga chiqishidan avval Apple'ning bu qarorini xato deb topgan edi. Ular kompakt model sotuvi foyda keltirmaydi deya taxmin qilishgan. Endilikda iPhone SE borasidagi bu taxminlarning haqiqatga to‘g‘ri  kelmasligi aniq. 

Tim Kuk Apple kompaniyasi iPhone SE qurilmasining qo‘shimcha partiyasini ishlab chiqarish ustida faol ishlayotganini ta'kidladi. 

Oxirgi ikki yil ichida Apple qurilmalaridan foydalanuvchilar soni 80 foizga oshib, milliarddan ortdi.

Top