14:21 / 01.06.2016
2946

«Barselona» Pyanich uchun kurashga qo‘shildi

«Roma»ning bosniyalik yarim himoyachisi Miralem Pyanich Yevropaning navbatdagi top-klubi qiziqish doirasiga tushdi.

Ispaniyadagi El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «Bavariya» va «Yuventus» kabi 26 yoshli bu futbolchini «Barselona» ham qo‘lga kiritishni istamoqda.

Pyanichning «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilda yakuniga yetadi. Uning shartnomasida tovon puli miqdori 38 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq «Roma» Pyanichni moliyaviy feyr-pley muammolari tufayli sotishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgandi.

Top