08:03 / 01.06.2016
3468

Chikagoda o‘tgan dam olish kunlari 48 ta otishma yuz berdi

AQShning yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Chikagoda amerikalik harbiylarning Xotira kuni nishonlangan o‘tgan dam olish kunlari 48 ta otishma yuz berdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, otishmalar vaqtida 6 kishi halok bo‘lgan, yana 56 kishi yaralangan.

Shahar politsiyasida 2015 yildagi Xotira kunida ham shuncha odam yaralangani, biroq 14 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilindi. 

Ta'kidlanishicha, yoz kelishi bilan shaharda jinoyatlar soni keskin oshib ketadi.

Top