15:44 / 01.06.2016
4363

Namanganda sohil kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

Namanganda sohil kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 800 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Kattalar o‘rtasida Namangan viloyati vakillari Kumushxon Xo‘jayeva, Munira Karimova, Mushtariy Yo‘lchiyeva, Buxoro viloyatidan Mirjon To‘xtaboyev, Samarqand viloyatidan Behzod Karimov, Navoiy viloyatidan Gullola Norqulova, Xorazm viloyatidan Nodira Jumaniyozova o‘z vazn toifasida chempionat shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

1996-1997 yillarda tug‘ilgan yoshlar va qizlar o‘rtasidagi bahslarda namanganlik Muxlisa Abdumalikova, Maftuna Jo‘raboyeva, samarqandlik Jahongir Norqobilov, Sarvinoz Esonova, Toshkent shahridan Ramazon Tursunbetov, Andijon viloyatidan Zamira To‘g‘onboyeva barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medallarga sazovor bo‘ldi. 

Chempionatning eng yosh ishtirokchilari – 1998-2000 yillarda tug‘ilgan yoshlar bellashuvida  namanganlik Marjona Mahmudova, Mahliyo Yo‘ldosheva, Ozoda Jo‘rayeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Rahad Manbekboyev, Toshkent shahridan Dovudxon Karomatov, Surxondaryo viloyatidan Mohinur Mo‘minova, Farg‘onadan Mohinur Pirnazarova chempionat shohsupasiga ko‘tarildi.

G‘oliblar shu yilning iyul oyida Vetnamda bo‘lib o‘tadigan sohil kurashi bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Top