17:16 / 01.06.2016
4698

Si Tszinpin KXDR delegatsiyasi bilan uchrashdi

Xitoy raisi Si Tszinpin 1 iyun kuni Shimoliy Koreyaning hukmron Mehnat partiyasi vakillari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda «Sinxua» agentligi.

Xabarda uchrashuvning boshqa tafsilotlariga oydinlik kiritilmagan.

Reyter agentligining qayd etishicha, ayni vaqtda shimoliy koreyalik diplomat, sobiq tashqi ishlar vaziri Li Su Yon Xitoyda bo‘lib turibdi.

Uning Pekinga safari Shimoliy Koreyaning yanvar oyida o‘tkazgan va xalqaro hamjamiyat e'tiroziga sabab bo‘lgan yadro sinovlaridan so‘ng, yuqori lavozimli koreys mulozimining Xitoyga ilk tashrifi hisoblanadi.

Top