14:34 / 01.06.2016
3512

TIVda IHT delegatsiyasi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

2016 yilning 30-31 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Islom hamkorlik tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. IHT departament rahbarlari Tariq Baxit va Muhammad Amin Jyerrari ham mazkur delegatsiya tarkibida muzokaralarda ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning mazkur tashkilotga raisligi doirasida IHTga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik va uni o‘tkazishga doir amaliy masalalar muhokama qilindi.

Top