15:43 / 02.06.2016
3358

Afg‘onistonda navbatdagi portlash tufayli 2 kishi halok bo‘lib, 16 kishi jarohatlandi

Afg‘oniston sharqidagi Lahmon viloyati hududida ro‘y bergan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan va 16 kishi jarohatlangan. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, bozor hududida qo‘lda yasalgan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Jabrlanuvchilardan biri yosh bola bo‘lib, u ayni vaqtda shifoxonada. Jarohatlanganlarning aksari barqaror ahvolda.

Top