21:55 / 02.06.2016
4918

Aktyor Tom Xardi xakerlardan qanday himoyalanish lozimligi haqida gapirib berdi

Aktyor Tom Xardi xakerlardan himoyalanish maqsadida muntazam ravishda telefonini almashtirib turishini aytdi. Bu haqda Daily Express nashri xabar bermoqda

Xardining aytishicha, avval uning smartfonlari doim buzib kirilgan va undagi shaxsiy axborotlar o‘g‘rilangan. Shu sababli aktyor bir martalik telefonlardan foydalanishga qaror qilgan. Xardining ta'kidlashicha, unga 2014 yilda yulduzlarga tegishli akkauntlar buzib kirilgani sababli Apple iCloud "bulutli" xizmatidan foydalanmaslikni maslahat berishgan. Bundan tashqari, aktyor elektron pochta uchun xususiy oylayn-serverlardan foydalanadi. 

"Bizning akkauntlar doim buzib kirilgan. Telefonni ishlatib, tashlab yuborish va hammasini yangidan boshlash kerak. Men telefon raqamlarimni va telefonlarning o‘zini ham doim almashtirib yuraman", deb tavsiya bermoqda aktyor.

Top