16:10 / 02.06.2016
6820

Eng ilg‘or darajali himoyaga ega hashamatli smartfon

 

Sirin Labs britan-isroil kompaniyasi kiber hujumlarga qarshi eng ilg‘or darajada himoya qilingan hashamatli flagmanni taqdim etdi. Ishlab chiqaruvchilarning qayd etishicha, «aloqa xavfsizligi harbiy standartlari»ni joriy qilinishi yuqori darajali xavfsizlikni ta'minlashda xizmat qiladi. 

Telefon qo‘ng‘iroqlarini tinglash va ushlab qolish uchun qurilmaning orqa panelida 256 bitli AES-shifrlash o‘rnatilgan. Aynan shu yerda barmoq izlari skaneri ham joylashgan. Saqlangan va yuborilgan hujjatlardagi yozuvlar himoyasi uchun  ixtisoslashtirilgan dasturiy ta'minot javob beradi.

Solarin deb nom olgan flagmanga 2560x1440 pikselga ega (kontrasti: 1500:1, yorqinligi: 600 kd/kv.m) 5.5-dyuymli IPS-displeyi va mustahkam egiluvchan himoyaga ega Corning Gorilla Glass 4 oynasi o‘rnatilgan. Qurilma Qualcomm Snapdragon 810 8 yadroviy  chipseti bazasida ishlaydi. U Adreno 430 grafikasi, 4 GB operativ va 128 GB ichki xotiraga ega. Asosiy kamerada f/2.0 diafragmali  24 Mp moduli, optik barqarorlashtirish, lazerli avtofokus va to‘rtta chiroqli LED vspishkasi mavjud. Frontal ya'ni old kamerada esa f/2.4 diafragma va vspishkali 8 Mp sensori joylashgan.  LTE, MU-MIMO, WiGig, Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac), Bluetooth 4.1, NFC, A-GPS, GLONASS, Beidou kabilarga ulanish imkoniyati bor. USB 3.1 Type-C porti ham mavjud. Akkumulyator sig‘imi - 4000 mAch. 

Security Shield himoya tizimi bilan birga Android 5.1 OT boshqaruvi ostida ishlaydi. Solarin korpusi IP54 standarti bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, flagman dizayni luxury toifasiga javob bera oladi. Kriptosmartfonning eng minimal qiymati - 13 800 dollar. Narxdan shuni bilsa bo‘ladiki, mazkur qurilma shaxsiy ma'lumotlar, yozishuv va qo‘ng‘iroqlar maxfiyligini birinchi o‘ringa qo‘yuvchilar uchun yaratilgan. 

Top