19:49 / 02.06.2016
5369

Xalqaro mehnat konferensiyasining 105-sessiyasida O‘zbekiston tajribasi yuqori baholandi

Joriy yilning 30 may kuni Jyenevada ish boshlagan Xalqaro mehnat konferensiyasining 105-sessiyasi davom etmoqda. 
Tadbir doirasida Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayderning sessiya ishida ishtirok etayotgan uch tomonlama ijtimoiy sheriklar – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi T.Narbayeva, Mehnat vaziri A.Abduxakimov, Savdo sanoat palatasi raisi A.Shayxov tarkibidagi O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida XMT bosh direktori O‘zbekistonda ijtimoiy-mehnat munosabatlari va kuchli ijtimoiy himoya sohalarida ulkan ijobiy natijalarga erishilganligini qayd etdi. Ayniqsa, bu borada samarali ijtimoiy sheriklik yo‘lga qo‘yilganligi, hukumat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tashkiloti o‘rtasidagi ijtimoiy muloqotning muvaffaqiyatli olib borilayotgani alohida ta'kidlandi. O‘zbekistonda halqaro mehnat standartlarining joriy etilishida ijobiy natijalarga erishilganligi bois, bu tajribaning boshqa mamlakatlar uchun ham o‘rnak bo‘lishga loyiq ekanligiga urg‘u berildi.
O‘z navbatida Gay Rayder tobora keng ko‘lam olib borayotgan mazkur ijtimoiy sheriklik jarayonida Xalqaro mehnat tashkilotining ham ishtirok etayotganligidan mamnun ekanligini bildirdi. 

Uchrashuv yakunida XMTning bundan buyon ham O‘zbekiston Hukumati, kasaba uyushmalari va ish beruvchi tashkilotlarga yaqindan ko‘mak berib borish rejalari mavjud ekanligi bildirildi. Xususan, 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan Munosib mehnat dasturini ishlab chiqish taklifi o‘rtaga tashlandi.

Top