17:11 / 02.06.2016
10485

Xitoy mafiyasi boshlig‘i ozod etilgach yana qamoqqa tashlandi

52 yoshli Xitoy mafiyasi rahbari Cheng Yuz, o‘zining ozodlikdan chiqishini shunchalik dabdabali nishonladiki, politsiya uni yana qamoqqa olishga majbur bo‘ldi, deb yozmoqda South China Morning Post gazetasi. 

Yuzni qimor o‘yinlarini noqonuniy tashkil etganligi uchun, Xitoyning shimoliy Shansi provinsiyasidagi qamoqda 7 yil o‘tirib, axloq tuzatish idorasini tark etgan kuni 100dan ortiq kishi kutib olgan. Ular oltita Hummer, 20ta Range Rover va 30ta «mersedes»da kelishgan edi. 

Yuzning do‘stlari, uning sharafiga hamda omadsizlik keltiruvchi "yovuz kuchlar"ni quvish maqsadida shu yerning o‘zida feyyerverk uyushtirib yuborishgan. 

Shundan so‘ng, delegatsiya a'zolari yaqin oradagi besh yulduzli mehmonxona tantanalar zaliga to‘planishgan. Bu yerda ularni, yanada ko‘proq kishi kutib turishgan edi. 

Bularning barchasini kuzatib borgan huquq posbonlari, OAV xabariga ko‘ra, xitoylikning "o‘z jinoiy aloqalari bilan oliftalik qilishi"ni kechira olishmagan. Uch kun o‘tgach, Cheng bayram vaqtida "jamoat tartibini buzish" ayblovi bilan ushlangan. Bu esa, uning faoliyatini qayta tekshirish imkonini beradi. 

Aytish joizki, Yuz uchun bu birinchi qamoqda o‘tirishi emas, ammo u har doim uzoq muddatli qamoqdan keyin ham, o‘z ta'sirini tezda tiklab ola bilgan. Hatto, boshqa mafiya rahbarlari, biznesini qayta tiklab olishi uchun katta miqdorda qarz ham berib turishgan.

Top