17:27 / 02.06.2016
4477

Hindiston Ganganing suvini internet orqali pullaydigan bo‘ldi

Hindiston aholisi o‘zlariga muqaddas deb hisoblovchi Ganganing suvini internet orqali sotib olishadigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sinxua” agentligi.

Hindiston axborot va teleradioeshittirish vazirligi mamlakat aholisining barchasi ganga suvidan bahramand bo‘lishi uchun pochta departamentiga tegishli ko‘rsatmalar bergan.

Hindiston pochtasi esa mahsulotlarni qadoqlaydigan va odamlarga yetkazadigan kompaniyalar bilan tegishli muzokaralarni boshlab yuborgan.

Top