08:25 / 02.06.2016
5738

Kasilyas irqchilikda gumon qilindi

Muxlislar "Portu" va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Iker Kasilyasni irqchilikda gumon qilishmoqda. U o‘z jamoadoshi Suk Xyun Chunning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ehtiyotsizlik bilan fikr qoldirgan.

Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun yo‘l olgan samolyot bortida tushirilgan suratni sahifasiga joylagan.

Kasilyas u yerda shunday deb yozgan: "Ko‘zingni och". Bu orqali u osiyolik futbolchining tashqi ko‘rinishiga shama qilgan bo‘lishi mumkin. Koreyalik futbolchi esa "Do‘stim, ko‘zim shundoq ham ochiq" deya javob qaytargan.

Ispaniya - Koreya uchrashuvi amaldagi Yevropa chempionlari bo‘lmish "qizil furiya"ning 6:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Kasilyas boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va 74-daqiqada almashtirildi. Suk Xyun Chun o‘yinga ikkinchi bo‘limdan qo‘shildi.

Top