11:07 / 02.06.2016
7019

Londonlik ikki kishi 30 yil davomida uch ayolni qullikda ushlab kelgan.

Estoniyada 47 yoshli Kaydo Mozen besh yil davomida bir ayolni qullikda ushlagan. Avval u 51 yoshli ayolni yerto‘laga qamab qo‘ygan, bir qancha vaqt o‘tib, uni issitish moslamasi bo‘lmagan xonaga ko‘chirgan. 

Politsiya xodimlarining ma'lumotlariga ko‘ra, Kaydo ayolning ustidan kulib, har qanaqasiga xo‘rlagan: u ayolni ovqatlar qoldig‘i bilan boqqan, muntazam ravishda unga tan jarohatlari yetkazgan, uning nogironlik hamda ijtimoiy nafaqasini olib qo‘ygan. Quldor uni o‘tin yordamida pechni yoqishga, pabda ishlashga va uy xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanishga majbur qilgan. Shunisi ajablanarliki, Kaydoning do‘stlari va tanishlari bundan boxabar bo‘lishgan. 

Qullikdan ozod bo‘lgan jabrlanuvchi ayol umr yo‘ldoshining vafotidan keyin 2010 yildan boshlab Mozenning uyida o‘z xohishi bilan yashaganini aytgan. 

Mozenni boshqa jinoyatlarda gumon qilib qo‘lga olishganida ikkinchi jinoyat fosh bo‘ldi. Mart oyida sud uni to‘rt yarim yilga ozodlikdan mahrum qildi, shu bilan birga u jarima to‘lashga mahkum etildi.

2013 yilda xuddi shunday jinoyat London shahrida sodir etilgani aniqlangandi. Londonlik ikki kishi 30 yil davomida uch nafar ayolni qullikda ushlab kelishgan. Ularning orasida 57 yoshli Irlandiya fuqarosi, 69 yoshli malayziyalik ayol hamda 30 yoshli britaniyalik ayol bo‘lgan.

Top