10:39 / 02.06.2016
5025

Olimlar saratonga qarshi universal vaksina yaratish arafasida

Xalqaro olimlar guruhi "saratonga qarshi universal vaksina ishlab chiqishga yaqin". Bu haqida Australian gazetasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, ishlab chiqilayotgan preparat barcha saraton kasalliklariga nisbatan samarali bo‘ladi.

"Biz birinchi marotaba nanoparchalarni qo‘llab venaga yuboriladigan vaksinani yaratishga muvaffaq bo‘ldik", - dedi gazetaga bergan intervyusida ilmiy guruh rahbari, Ugur Saxin nomidagi saraton kasalliklarini o‘rganuvchi Maynts universiteti direktori Ioann Gutenberg. 

Olimning xabar berishicha, preparat kasallikning oldini oluvchi emas, uni davolovchi xarakterga ega. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina melanomaga chalingan sichqonlarda va bir necha kishilarda sinovdan o‘tkazilib, umidli natija berdi. Biroq  vaksinaning saratonga chalingan bemorlarga nisbatan ta'siriga doir so‘nggi natijalar taxminan bir yildan keyin ma'lum bo‘ladi. Bundan keyin tadqiqotchilar bemorlarda yanada keng miqyosli sinov o‘tkazishni rejalashtirishdi. Ugur Saxinning aytishicha, preparatni "taxminan besh yildan keyin" tibbiyotda qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Top