22:32 / 02.06.2016
3674

Rossiyaga shaxsiy foydalanish uchun retseptsiz dorilar olib kirish taqiqlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga shaxsiy foydalanish uchun kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarga ega dorilarni faqatgina shifokor belgilaganini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lganda olib kirish mumkin bo‘lgan qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Agar dori jinoyat qonunchiligi uchun ro‘yxatga kiritilgan kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarga ega bo‘lsa, bu dorining aniq odamga belgilanganini tasdiqlovchi hujjatlar, ularning tasdiqlangan nusxalari yoki tasdiqlangan ko‘chirmalar bo‘lishi zarur.

Xorijiy tildagi tasdiqlovchi hujjatlarga ularning notarius tomondan tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi lozim. 

Avvalroq Rossiya Davlat dumasi Rossiyaga shifokor retseptisiz shaxsiy foydalanish uchun dorilarni olib kirishni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qilgandi.

Top