17:06 / 02.06.2016
3740

Shotlandiyalik shimoliy koreyaliklarning feysbukini parolga "parol" so‘zini terib ishdan chiqardi

27 may kuni Motherboard nashri Facebook’ ijtimoiy tarmog‘ining Shimoliy Koreyada klonlashtirilgan nusxasi paydo bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Oradan bir necha soat vaqt o‘tib, ushbu ijtimoiy tarmoq ism va parolning oddiyligi sabab oson ishdan chiqarilgan.

Shotlandiyalik 18 yoshli Endryu MakKin ism yoziladigan joyga «admin» va parol yoziladigan joyga «password» deb yozib, saytni butunlay nazorat qilishni beruvchi ruxsatga ega bo‘lgan, deb xabar bermoqda Motherboard. Ayni damda «Facebook kloni» ishlamayapti.

Top