22:42 / 02.06.2016
3295

Twitter’da Ukrainaning rasmiy akkaunti paydo bo‘ldi

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Ukrainaning rasmiy akkaunti paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina".

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifaning haqiqiyligi tasdiqlangan va akkauntning haqiqiyligini tasdiqlovchi "galochka"ga ega. Hozirda sahifa 2 mingdan ko‘proq obunachiga ega, "Ukraina" sahifasining o‘zi esa Litva, Polsha va Kanada akkauntlariga obuna bo‘lgan.

"Kanada va Polsha, 1991 yilda bizning mustaqilligimizni birinchi bo‘lib tan olganingiz uchun rahmat! 2016 yilda bizning birinchi obunachilarimiz bo‘lishga qanday qaraysiz?", deyilmoqda Ukrainaning rasmiy saytidagi birinchi postda.

Top