19:02 / 02.06.2016
6497

O‘zbekistonlik talaba «Jahon gavhari – 2016» tanlovi g‘olibasiga aylandi

O‘zbekistonlik Sabina Musayeva «Jahon gavhari – 2016» tanlovining g‘olibiga aylandi, deb xabar beradi Qozon shahrining bolalar va yoshlar bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi. 

Qozonda o‘tkazilgan tanlovning final bosqichida 30dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdi. Har bir qatnashchi asosan milliy urf-odat va an'analarga bag‘ishlangan ijodiy chiqishlarni namoyish etishdi. 

Birinchi o‘rin Qozon texnika universiteti talabasi Angelina Gubanovaga (Rossiya), ikkinchi o‘rin esa Qozon federal universiteti talabasi Do Nyungga (Vetnam) nasib etdi. 

Bundan tashqari, Sabina Musayeva «Ilhom go‘zali» nomiga ham sazovor bo‘ldi. Sabina Qozon federal universiteti talabasi hisoblanadi.

Top