17:20 / 02.06.2016
6706

Xiaomi 23 dollarlik Mi Band 2 fitnes-bilakuzukni taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi o‘zining Mi Band fitnes-bilakuzugining  OLED-displey bilan ta'minlangan ikkinchi versiyasini namoyish qildi. Bu haqida TechCrunch xabar berdi.

Past bahosiga qaramay Mi Band 2 nafaqat qadamlarni sanaydi, balki sohibining pulsini ham o‘lchaydi. Bundan tashqari qurilmada ilk marotaba OLED-displey paydo bo‘ldi.

Mi Band 2 bilakuzugining narxi atigi 23 dollarni tashkil qiladi. Bluetooth 4.0 moduli kiritilgan qurilma batareyasi bir marta quvvatlantirilganda, 20 sutkagacha yetadi. 

Mi Band 2'da birinchi marotaba Jawbone Up va Apple Watch foydalanuvchilari orasida mashhur funksiya kiritildi: agar bilakuzuk egasi uzoq vaqt harakatsiz o‘tirsa, qurilma vibratsiyaga keladi.

Xiaomi kompaniyasi bergan xabarlarga ko‘ra, fitnes-trekerlarning 20 milliondan ortiq nusxasini sotishga muvaffaq bo‘lingan. Bu esa kompaniyaning bu borada Fitbit'dan keyingi o‘rinni egallashini ta'minladi. OAV ishlab chiqaruvchining muvaffaqiyati sirini uning narx siyosatida deb hisoblaydi: Mi Band bilakuzuklari odatda raqiblaridan bir necha barobar arzon narx belgilaydi. 

Mi Band 2 fitnes-bilakuzuklari 7 iyundan Xitoyda sotuvga chiqariladi. Boshqa mamlakatlarga chiqarilish muddati to‘g‘risida hozircha ma'lumot berilmadi.

Top