23:13 / 03.06.2016
5038

«Borussiya» Hummelsning o‘rniga «Barselona»dan Bartrani oldi

«Barselona» jamoasi himoyachisi Mark Bartra faoliyatini Dortmundning «Borussiya» jamoasida davom ettiradi.

Kataloniyaliklar klubi rasmiy saytida shu haqda ma'lum qilingan.

Dortmundliklar jamoasi ushbu ispaniyalik yosh futbolchini transfer qilish bo‘yicha rasman taklif bilan chiqqan. U myunxenliklar jamoasiga o‘tib ketgan Mats Hummelsning o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

24 yoshli Bartraning transferi uchun «Borussiya» 8 million yevro to‘laydi.

Top