15:45 / 03.06.2016
7127

DM: eng qimmat aviachipta sotuvga chiqarildi

Dunyodagi eng qimmat aviachipta BAAning Etihad Airways aviakompaniyasi tomonidan sotuvga chiqarildi, deb yozmoqda Daily Mail.

Xabar qilinishicha, Londondan Avstraliyaning Melburn shahriga Airbus A380-800 havo laynerida parvoz qilish uchun xaridor 80,5 ming dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. 

Bu chipta egasini esa, samolyot bortida yotoqxona, mehmonxona va yuvinish xonasiga ega 3 xona kutib turadi. Yo‘lovchi uchun katta ikki kishilik krovat hamda ikkita televizor qo‘yiladi. Bundan tashqari, unga alohida eshikbon va oshpaz xizmat qiladi. 

DMning yozishicha, bundan avvalgi eng qimmat chipta Nyu-Yorkda Mumbayga parvoz uchun 75,9 ming dollarga sotilgan.

 

 

Top