22:28 / 03.06.2016
8783

IShID Iroqda qo‘lga kiritilgan harbiy texnikalarni Raqqa mudofaasi uchun yo‘naltirdi

IShIDga qarshi qo‘shma amaliyotlar shtabi rasmiysi general Yahyo Rasul az-Zubaydiyning ma'lum qilishicha, jangarilar Iroqdagi harbiy bazalarda egallab olgan harbiy texnikalarini Suriya hukumati tomonidan qamal qilinayotgan Raqqa shahri mudofaasini mustahkamlash uchun jo‘natgan.

"IShID tomonida Iroqda qo‘lga kiritilgan harbiy texnikalarning katta qismi havo zarbalari vositasida yo‘q qilingan, qolgan qismi esa Suriyaga, Raqqa shahrini Suriya armiyasidan himoya qilish uchun yo‘naltirilgan", deya generalning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Iroq harbiylari va shialardan tarkib topgan bo‘linmalar o‘tgan haftada Al-Fallujani ozod etish uchun yurish boshladi. O‘tgan vaqt ichida IShIDning bu shahardagi qismlari qo‘mondonlaridan biri Hoji Hamza o‘ldirildi.

Bu vaqtda Suriya armiyasi IShID poytaxti sanaladigan Raqqaga hujum qilmoqda.

Top