09:51 / 03.06.2016
15480

Qamchiq dovonida Nexia avtomobili ag‘darilib ketdi

2 iyun kuni Qamchiq dovonida navbatdagi YTH qayd etildi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, oq rangdagi Nexia avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan.

Guvohlarning aytishicha, falokatdan oldin avtomobilning tezligi u qadar yuqori bo‘lmagan. Hodisaga yo‘lning yomg‘ir tufayli noqulay holatga kelgani sabab bo‘lgan va haydovchi tormozni bosa olmagan va avtomobil sirpanib, ag‘darilgan. Avtomobilni yo‘ldan o‘tayotgan boshqa avtomobillarning haydovchilari yordami bilan to‘g‘ri holatga keltirishgan.

Ushbu YTH natijasida avtomobil haydovchisi va yo‘lovchilarga shikast yetmagan.

Top