21:33 / 03.06.2016
6487

Koinotning kengayish tezligi avvalgi hisoblardan 9 foizga yuqori bo‘lib chiqdi

Hubble koinot teleskopi ma'lumotlarini tahlil qiluvchi olimlar koinotning kengayish tezligi avvalgi hisob-kitoblardan 6-9 foizga yuqoriligini qayd etishdi.

Tarkibiga o‘zgaruvchan tsefeid va o‘ta yangi 1a yulduzlari kiruvchi uzoqdagi galaktikalarning masofalarini aniqlash usuli orqali bunga muvaffaq bo‘lingan. 

Olimlarning tadqiqotida 19ta galaktikada 2400 tsefeidgacha bo‘lgan masofalar hamda 300ta 1a tipidagi yulduzlar aniqlandi, deb xabar beradi NASA matbuot xizmati. 

"Kutilmagan ixtiro koinotning 95 foizini egallagan qorong‘i energiya, qorong‘i materiya va qorong‘i nurni o‘zida mujassam etgan sirli substansiyalarini tushunishda muhim kalit bo‘lib xizmat qilishi mumkin", - deya izoh berdi tadqiqot muallifi, Nobel mukofoti laureati Adam Riss.

Top