17:34 / 03.06.2016
4588

«Real» 15 iyungacha De Xeani transfer qilmoqchi, Mourino bunga qarshi chiqmoqda

Joze Mourino darvozabon David De Xeani «Manchester Yunayted»da olib qolmoqchi. U bu darvozabonni yangi mavsum uchun rejalariga kiritgan.

As nashri nashri xabariga ko‘ra, «Real» prezidenti Florentino Peres De Xeani qo‘lga kiritish uchun barcha choralarni ishga solmoqchi. 

O‘tgan yili transfer amalga oshmagani uchun Peres darvozabonning oldida o‘zini aybdor his qilishi aytilgan.

De Xeaning «MYu» bilan tuzgan shartnomasidagi alohida bandga ko‘ra, «Real» 15 iyunga qadar futbolchini 50 million yevro evaziga sotib olishi mumkin. Madridliklar bundan foydalanib, Yevro-2016 boshlangunga qadar transferni amalga oshirishmoqchi va futbolchi turnir boshlanishidan oldin o‘z kelajagi bo‘yicha xotirjam bo‘lishini ta'minlashmoqchi.

Top