22:27 / 03.06.2016
7309

Samsung'dan suvga chidamli, GPS va pleyerga ega fitnes-bilakuzuk

Xitoyning Xiaomi kompaniyasidan ortda qolmagan holda Samsung kompaniyasi o‘zining yangilangan Gear Fit2 soatli fitnes-bilakuzugini taqdim etdi. Qurilma Tizen operatsion tizimi ostida ishlaydi, unda 432x216 pikselga ega 1.5-dyuymli egiluvchan Super AMOLED-displeyi mavjud. Shuningdek, bilakuzukda 1 GGts chastota va 2 yadroli protsessori, 512 MB operativ xotira va musiqalarni saqlash uchun 4 GB flesh karta, musiqa pleyeri, Bluetooth 4.2 simsiz aloqa adapteri, ichki GPS modul, pulsomer, akselerometr, giroskop, barometr va 3-5 kun avtonom ishga yetuvchi 200 mAch sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Qurilma korpusi IP68 standarti bo‘yicha chang va suvga tushishdan himoyalangan. Uni taqqan holda  1.5 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda 30 daqiqa davomida suzish mumkin.  

Samsung Gear Fit2 Android 4.4 OT ostida ishlovchi smartfonlar bilan birga ishlash imkoniga ega, biroq mobil telefon 1.5 GB va undan yuqori operativ xotiraga ega bo‘lishi kerak. 

Bilakuzuk ikki xil ko‘rinishda (125-170 mm va 155-210 mm uzun bandli) va uch xil rangda (qora, ko‘k, pushti) bo‘ladi. Narxi 180 dollarni tashkil etadi.

Top