14:20 / 03.06.2016
11542

Sardor Rahimxonning “Askar onasi” muxlislar qalbini o‘rtab yubordi

Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon 9-10 may kunlari “Istiqlol” san'at saroyida bo‘lib o‘tgan yakkaxon konsert dasturida “Askar onasi” nomli qo‘shiqni kuylagandi. Ushbu qo‘shiq Vatan uchun jonini fido qilgan, uni yot ko‘zlardan asrash o‘z jonlarini ayamagan askarlar xotirasiga bag‘ishlanib, unda marhum askar bolasi yodi bilan yashayotgan  ma'suma onalar madh etilgan. 

 Qo‘shiq konsertda taqdim etilgan paytdayoq muxlislarga manzur bo‘lib, undagi mazmun muxlislar va askar farzandli bor onalar qalbini o‘rtab yubordi. Yaqinda ushbu qo‘shiqning radioto‘lqinlar orqali premerasi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur qo‘shiqni Kun.uz sayti va youtube’dagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Top