17:50 / 03.06.2016
21143

«Sehrli tulki» internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi

«Sehrli tulki» internet foydalanuvchilari va ommaviy axorot vositalari xodimlarini hayratga soldi. 

Mashable’ning xabar berishicha, Mayya – baquvvat itlar bilan pomeranian chatishmasi orqali dunyoga kelgan bo‘lib, uning go‘zalligi  ruhiyatni qamrab oladi. 

Matbuot orqali Mayyaning  dunyoda eng “go‘zal sehrli” it hisoblanayotganligi aytilmoqda.  Tulkining bu maftunkor ko‘rinishi avvaliga Reddit foydalanuvchilarini hayratga soldi. Shundan so‘ng Mayaning suratlari va u haqidagi ma'lumotlar instagram orqali namoyon bo‘la boshladi. Hatto Mayaning instagramda o‘z sahifasi ham ochilgan. 

«Sehrli tulki» suzishni, tog‘ yonbag‘irlarini sayr qilishni va banan iste'mol qilishni xush ko‘radi. 

«Mayya tulkidek ko‘rinadi, ammo xuddi itlardek harakat qiladi», deb yozadi Metro.

Top