17:00 / 03.06.2016
4668

Sog‘liqni saqlash vazirligi hovuzlardagi sanitar-gigiyenik sharoitlar qanday tekshirilishi bo‘yicha savollarga javob berdi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining suzish havzalaridagi sanitarik-gigenik sharoitlarni nazorat qilish borasidagi UZ24 nashri bergan savoliga javobini yodga oldi. 

Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, hovuzlarni tekshirish muayyan jadval asosida va mijozlar sanitarik-gigenik holatdan shikoyat qilgan taqdirda amalga oshiriladi.

Hovuzni tekshirishda quyidagilarga e'tibor qaratiladi: 

- aktda keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish va ishlab chiqarish labaratoriya nazorati natijalari bo‘yicha registratsiya jurnalini yuritish;

- mijozlar harakatini tashkillashtirishga rioya qilish;

- tashrif buyuruvchilar uchun hovuzdan foydalanish qoidalarining mavjudligi;

- havoning mikroiqlim parametrlari;

- dush xonalari, oyoq vannalari va hojatxonalarning ahvoli;

- hovuzning suv bilan to‘ldirilish darajasi;

- resirkulyar tizimda ishlovchi hovuzlarda filtrlarni yuvishni hisobga olish;

- ishga kirish paytidagi hamda undan keyingi muntazam ravishda o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik to‘g‘risidagi  tibbiyot daftarchalari.

Agar hovuzga tashrif buyuruvchilarning u yerdagi sanitar-gigenik holatga shikoyati bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi avval hovuz rahbariyatiga uchrashishni maslahat beradi, hech qanday chora ko‘rilmagan taqdirda Davlat epidemiologiya markaziga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Top