16:01 / 03.06.2016
6903

Spiegel: Germaniya armanilar genotsidi rezolyutsiyasi tufayli Turkiya qasosidan qo‘rqmoqda

Germaniya bundestagining 1915 yilda Usmonli imperiyasining 1,5 mln arman qatliomini genotsid sifatida e'tirof etishi, Turkiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni barbod qilishi mumkin, deb yozmoqda Der Spiegel gazetasi. 

Qayd etilishicha, gap birinchi navbatda harbiy sohaga tegishlidir. Xususan, "Tornado" ayg‘oqchi samolyotlarining Turkiya hududida joylashtirilishi va Egey dengizida muhojirlarni noqonuniy tashuvchilarga nisbatan qo‘shma amaliyotlar xavf ostida ostida qoladi. GFR mudofaa vazirligining fikricha, «alamzada» Turkiya qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilishi yoki butunlay chippakka chiqarishi mumkin. 

Nashrga ko‘ra, 2 iyun kungi ovoz berish jarayonidan avval, GFR mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen Turkiyaning ehtimoliy javobi xususida yuqori lavozimli harbiylar bilan fikr almashgan. Ular, Turkiya prezidenti Rejyep Tayyip Erdo‘g‘anning xarakteridan kelib chiqib, qarorning salbiy oqibatlarini e'tiborga olish doir xulosa qilingan. 

Nashrning yodga olishicha, Turkiya GFRning IShID jangarilarga qarshi kurashda strategik hamkori hisoblanadi. 

Nemis ayg‘oqchi-samolyotlari Suriya va Iroq hududlarini fotosuratlarga olish uchun bir necha oydan beri Injirlik aviabazasidan parvozlarni amalga oshiradi. Garchi ikki o‘rtada, mazkur amaliyotlarga oid hech qanday bitim bo‘lmasa ham, Turkiya bunga izn berib kelayotgan edi. 

Bundan avvalroq, Erdo‘g‘an Germaniya armanlar genotsidiga oid rezolyutsiyani qabul qilishi Turkiya bilan munosabatlarga salbiy ta'sir etishidan ogohlantirgan edi.

Top